«bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi» tegli maqolalar


Mehnat vazirligida ishga joylashtirish bilan bog‘liq uchta korrupsion holat aniqlandi — Nozim Xusanov
18 avgust 2022, 15:17

Mehnat vazirligida ishga joylashtirish bilan bog‘liq uchta korrupsion holat aniqlandi — Nozim Xusanov

Shu yilning 6 oyi davomda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida xodimlar uchta holatda ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish uchun pul talab qilgani aniqlandi, deya ma’lum qildi vazir Nozim Xusanov. «Bu holatlar uchrayotgan soha mas’ullari bilan ishlashga harakat qilamiz», — dedi u.

6 oyda munosib mehnat sharoiti yaratilmagani oqibatida 116 kishi vafot etdi — Mehnat vazirligi
18 avgust 2022, 09:00

6 oyda munosib mehnat sharoiti yaratilmagani oqibatida 116 kishi vafot etdi — Mehnat vazirligi

Yil boshidan beri ish joyida munosib mehnat sharoitlari yaratilmaganligi natijasida 398 ta baxtsiz hodisa yuz berdi. Buning oqibatida 116 kishi halok bo‘ldi, 317 kishi og‘ir va yengil turdagi tan jarohatlari oldi. Eng ko‘p baxtsiz hodisalar Toshkent shahri, Toshkent va Navoiy viloyatlarida sodir bo‘ldi.

Mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor jarimaga tortildi — Mehnat vazirligi
17 avgust 2022, 16:05

Mehnat qonunchiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor jarimaga tortildi — Mehnat vazirligi

Yil boshidan beri 14 mingdan ortiq tashkilot va korxonalarda o‘rganishlar o‘tkazilib, 41 150 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shunga ko‘ra, 5935 nafar mansabdor 12 mlrd 57 mln so‘mlik jarimaga tortildi. Qonunbuzarliklar ko‘proq — Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida uchramoqda.

Yil boshidan buyon Rossiyadan 133 ming mehnat muhojiri qaytib keldi
6 aprel 2022, 10:23

Yil boshidan buyon Rossiyadan 133 ming mehnat muhojiri qaytib keldi

Yil boshidan buyon Rossiyadan O‘zbekistonga 133 ming nafar mehnat muhojiri qaytgan bo‘lsa, shundan 50 ming nafari mart oyida keldi, deb xabar qildi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi. Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov respondentlarning 60 foizi hali qaytishni rejalashtirmaganini ko‘rsatdi. Shuningdek, Rossiyada ish haqini vaqtida ololmayotgan o‘zbekistonliklar soni keskin ortgani aytildi.

2021-yilda 52 mingdan ko‘proq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan
25 yanvar 2022, 09:44

2021-yilda 52 mingdan ko‘proq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Mehnat vazirligi 2021-yilda 52,5 ming holatda mehnat qonunchiligi talablari buzilganini ma’lum qildi. Ularning eng ko‘pi ish haqini to‘lamaslik, bo‘sh ish o‘rinlarni yashirish, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish bilan bog‘liq. Natijada 11 mingdan ortiq mansabdorga nisbatan 20 mlrd so‘mdan ortiq jarimalar qo‘llanilgan.

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi
1 noyabr 2021, 11:37

Paxta mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 65 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Paxta terimi mavsumida majburiy mehnat bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda 65 nafar mansabdor shaxsga jami 198 mln 450 ming so‘m miqdorda ma’muriy jarima tayinlandi. Majburiy mehnatga yo‘l qo‘yganligi uchun 5 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

Ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayapti — mehnat vaziri
24 may 2021, 12:18

Ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayapti — mehnat vaziri

Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov ko‘pgina davlatlarda ish o‘rnini davlat yaratmayotganini, ularni yaratish uchun imkoniyat yaratib berishi kerakligini ta’kidladi. Vazirning aytishicha, 2021 yilning birinchi choragida O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 10,5 foizga teng bo‘lgan.

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan
3 fevral 2021, 17:53

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tgan yili 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 621 ta holatda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilinmagan bo‘lsa, yana 4 301 ta holatda ish haqi vaqtida to‘lanmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish xalq ta’limiga — 4 731 ta holatda rahbarlar tomonidan o‘qituvchi va boshqa xodimlarga nisbatan nohaqlik qilishga to‘g‘ri kelmoqda.

Mehnat vazirligi: qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash huquqi berilmagan
11 noyabr 2020, 14:57 1

Mehnat vazirligi: qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash huquqi berilmagan

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qariyb 900 nafar bangladeshlikka O‘zbekistonda ishlash uchun ruxsat berilmaganini aytdi. Uzbekistan GTL va ENTER Engineering ishlash huquqi uchun tasdiqnomani olish yuzasidan murojaat qilmagan. Mazkur holatga Qonunchilik palatasi deputati munosabat bildirib, «O‘zimiznikilarning rizqini qirqishi qanchalik to‘g‘ri bo‘larkin?» — dedi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting